Rasman: "Milan" Serjino Destni ijaraga oldi. Milanliklarda futbolchini 20 mln evroga sotib huquqi ham bor

Administrator
1 sen 2022, 23:27
Dest "Barselona" tarkibidan "Milan"ga o'tdi.

Italiya A Seriyasi rasmiy sahifalari Serjino Destning "Milan" klubi futbolchisiga aylanganini rasman ma'lum qildi. Milanliklar futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga olishdi. 

Taniqli insayder Fabricio Romano "Milan"da futbolchini mavsum oxirida 20 mln evro evaziga sotib olish huquqi borligini ma'lum qilgan.

"Milan" bundan tashqari "Volfsburg" yarim himoyachisi Aster Vranksni ham ijaraga oldi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://twitter.com/SerieA