Rasman: "Milan" norvegiyalik to'purarni qo'lga kiritdi

Alisher
1 okt 2020
"Budyo-Glimt" forvardi Yens Xeuge A Seriyaga yo'l oldi.

20 yoshli hujumchi "Milan" bilan shartnoma imzoladi. "Rossonerilar" o'yinchining transferi uchun 5 million evro miqdorida mablag' sarflashdi.

Eslab o'tish joiz, Milan klubi Yevropa Ligasi kvalifikacion bosqichida "Budyo-Glimt" bilan o'ynadi. O'shanda italyanlar 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Norvegiyaliklar safida ikki golga ham Xeuge mualliflik qildi.

Forvard Norvegiya chempionati doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 9ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/acmilan