Rasman: "Milan" hujumchisi "Ayntraxt"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
11 sen 2020, 00:55
"Ayntraxt" hujumchi Andre Silvaning "Milan"dan transfer qilinganini e'lon qildi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, 24 yoshli portugaliyalik "Ayntraxt" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. O'tgan mavsumda u ushbu jamoa safida ijarada o'ynab, Bundesliganing 25 o'yinida 12 gol hamda 4 assist qayd etgandi.

"Andreni yuqori pog'onalarga olib chiqishga ishonamiz. 2023 yilga qadar tarkibimizda yuqori saviyali hujumchi o'ynashidan xursandmiz", - dedi klub sport direktori Fredi Bobich. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal