Rasman: Mauricio Sarri "Lacio" bilan yangi shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2022, 22:39
Murabbiy klub bilan qoladi.

"Lacio" klubi amaldagi bosh murabbiy Mauricio Sarri bilan yangi shartnoma imzolanganini e'lon qildi. Yangi kelishuv 2025 yilgacha amal qiladi. 

Gazzetta dello Sport nashri ma'lumotlariga qaraganda, Sarrining maoshi 3.5 mln evro atrofida bo'ladi.

Ma'lumot uchun, Sarri qo'l ostidagi "Lacio" ushbu mavsum A Seriyada 64 ochko bilan beshinchi o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: https://www.sslazio.it