Rasman: Masharipov o'ynayotgan "Istiqlol"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2025, 12:17
Eronning "Istiqlol" klubi yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi.

Portugaliyalik mutaxassis Rikardo Sa Pintu "Istiqlol"ga qaytdi. Murabbiy 2022-2023 yillarda ham shu klubda ishlagan va Eron Superkubogini qo'lga kiritgan edi.

52 yoshli murabbiy "Istiqlol"dan so'ng Kiprning APOEL va Marokashning "Raja Kasablanka" klublarida ishladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia