

"Roma" Lukakuni "Chelsi"dan bir mavsumga ijaraga oldi, Rim klubi futbolchi uchun 5,8 million evro to'ladi.
Romelu "Roma"da 90-raqamni tanladi.
Avvalroq hujumchi "Inter"ga qaytishi yoki "Yuventus"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan, biroq muzokaralar ijobiy yakun topmagandi.
Eslatib o'tamiz, "Roma" bir necha kun oldin eronlik hujumchi Syerdar Azmunni ham tarkibga jalb qilgan edi.



