Rasman: Lukaku – "Roma" futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
31 avg 2023, 15:05
Belgiyalik forvard ijara asosida Rimning "Roma" klubiga yo'l oldi.

"Roma" Lukakuni "Chelsi"dan bir mavsumga ijaraga oldi, Rim klubi futbolchi uchun 5,8 million evro to'ladi.

Romelu "Roma"da 90-raqamni tanladi.

Avvalroq hujumchi "Inter"ga qaytishi yoki "Yuventus"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan, biroq muzokaralar ijobiy yakun topmagandi.

Eslatib o'tamiz, "Roma" bir necha kun oldin eronlik hujumchi Syerdar Azmunni ham tarkibga jalb qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asroma.com