Rasman: "Lokomotiv" yangi darvozabon bilan shartnoma imzoladi!

Omonjon To`xtamirzayev
3 yanv 2024, 16:58
Bir yilda PRO-Ligadan Superligaga qaytgan "Lokomotiv" o'z tarkibiga yangi futbolchilarni jalb qilishni boshladi.

Mahoratli darvozabon Suhrob Sultonov Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, Suhrob Sultonov 1990 yil 26 mart kuni tug'ilgan. Bo'yi - 196 sm. O'tgan mavsumni kiper "Bunyodkor" safida o'tkazgan. Shuningdek, Sultonov OKMK, "Metallurg", "Dinamo", "NBU-Osiyo" kabi klublarda ham faoliyat olib borgan.

Suhrob Sultonovga omad tilagan holda "temiryo'lchilar" safiga xush kelibsan deb qolamiz", - deyiladi klub xabarida.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia