Rasman: "Liverpul"ni tark etadigan ikki futbolchining nomi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
4 iyun 2019, 22:10
Liverpul ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali jamoaning ikki nafar a'zosi klubni tark etayotgani haqida ma'lum qildi.

Bular shartnomasi o'z yakuniga etgan himoyachi Alberto Moreno hamda hujumchi Deniel Starrijdir. 

Starrij mersisaydliklar safiga 2013 yilda kelib qo'shilgan va shu vaqt oralig'ida 160 bahsda maydonga tushib, 67ta gol urishga erishgandi. 

Moreno esa qizillar tarkibiga 2014 yil kelgan. Klubdagi faoliyati davomida u 141ta o'yinda 3 bora raqiblar darvoazsini ishg'ol etishga ulgurgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/liverpoolfc