Rasman: "Liverpul" yana bir muhim futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

22 avg 2019, 23:42
"Liverpul" yarim himoyachisi Aleks Oksley-Chemberlen klub bilan uzoq muddatlik shartnoma imzoladi.

"Men juda xursandman. Bir yil vaqtimni jarohat sabab o'tkazib yubordim. Har kuni ham "Liverpul"da o'ynash imkoniyati bo'lavermaydi. Bu yerdagi vaqtimni uzaytirganimdan benihoya baxtiyorman", - deydi Chemberlen.


26 yoshli angliyalik futbolchi 2017 yilda "Arsenal"dan mersisaydliklar safiga kelib qo'shilgandi. 15-raqam sohibi shu paytga qadar "qizillar" libosida 47 ta o'yinda 5 ta gol urdi.

O'tgan shanba kuni "Sautgempton"ga qarshi uchrashuvda Chemberlen 16 oylik tanaffusdan so'ng yana maydonga qaytdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: liverpoolfc.com