Rasman: Liverpul van Deykning transferini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
28 dek 2017, 08:29
Liverpul Sautgempton himoyachisi Virgil van Deykni sotib olganini e'lon qildi.

Gollandiya terma jamoasi a'zosi yangi klubiga 1 yanvar kuni qo'shiladi. Van Deyk Liverpul safida 4-raqamda o'ynaydi.

Oldinroq futbolchi Liverpul shahri klubiga 75 million funt evaziga o'tishi ma'lum qilingandi. Shu tariqa, u futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: liverpoolfc.com