Rasman: “Lester” yangi transferini e'lon qildi

29 iyun 2019, 08:55
Jeyms Jastin “tulkilar” a'zosiga aylandi.

“Luton” klubida to'p tepib kelgan Jeyms Jastin “Lester” bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Futbolchi “Luton”ga 12 yillik tanaffusdan so'ng Chempionshipga qaytishiga yordam berdi.

Himoyachi ayni damda 21 yoshda. U Angliyaning eng umidli himoyachilaridan biri sifatida etirof etilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Лестер” расмий сайти