Rasman: Keza "Yuventus"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
5 okt 2020, 22:45
"Fiorentina" hujumchisi Federiko Keza "Yuventus"ga o'tdi.

Turin klubi futbolchini 2 yilga ijaraga oldi. "Yuventus" futbolchining dastlabki yili uchun 2 mln, ikkinchi mavsumi uchun 8 mln evro to'laydi. Ijara muddati tugaganidan keyin "keksa sinora" futbolchini 40 mln evroga sotib oladi.

22 yoshli Keza "Fiorentina" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016 yildan buyon ushbu jamoa tarkibida harakat qilib kelmoqda. Umumiy hisoblaganda u "Fiorentina" libosida 153 o'yinda 34 gol va 25 assist qayd etgan. Italiya termasi tarkibida esa 19 o'yinda 1 gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/juventusfc