Rasman: Jorjo Kellini "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
3 avg 2021, 00:15
Jorjo Kellini "Yuve"da qoladi.

"Yuventus" klubi futbolchi bilan shartnomasini uzaytirganini rasman e'lon qildi. Kelishuv 2023 yil yoziga qadar davom etadi.

Jorjo Turin grandi tarkibida 2005 yildan beri harakat qiladi.

Futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: www.juventus.com