Rasman: Jasur Jaloliddinov Qurbon Berdiev bosh murabbiyligidagi "Qayrat"da o'ynaydi

Mirjalol Normatov
6 fev 2022, 11:24
Yosh yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov yangi mavsumni Qozog'istonning "Qayrat" jamoasi tarkibida boshlaydi.

"Qayrat" mamlakatning  3 karra chempioni hisoblanadi. Ayni damda bu jamoani Qurbon Berdiev boshqarmoqda. O'tgan mavsum "Qayrat" mamlakat chempionatida bronza medallarni qo'lga kiritdi.

2021 yilning ikkinchi davrasida "temiryo'lchilar" tarkibiga kelib qo'shilgan yosh futbolchi "Mashal"ga qarshi bahsda o'z goli bilan jamoamizga g'alaba keltirgandi.

Jasur Jaloliddinovning "Lokomotiv" bilan 2023 yil oxirigacha shartnomasi mavjud bo'lib, u "Qayrat" klubida ijara asosida o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати