Rasman: Islom To'xtaxo'jaev “Qizilqum” bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
1 mar 2021, 22:29
Tajribali himoyachi, O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Islom To'xtaxo'jaev yangi mavsumda “Qizilqum” sharafini himoya qiladi.

Islom faoliyati davomida “Neftchi”, “Lokomotiv” Xitoyning "Shenyan Urban" klublarida to'p tepgan. U Superliga (Oliy liga)da jami 251 o'yinda maydonga tushgan va 21ta gol urishga erishgan.

31 yoshli markaziy himoyachi milliy terma jamoada esa 71 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 bor raqib darvozasini aniq nishonga olgan.

Islom “Qizilqum”da 20-raqam ostida to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати