Rasman: Germaniyalik mutaxassis "Neftchi"da ish boshladi

Iskandarov Abdulaziz
6 dek 2025
"Neftchi" futbol klubi nemis mutaxassisi Xans-Yurgen Gyode yordamchi murabbiy etib tayinlanganligini e'lon qildi.

Xans-Yurgen Gyode 1956 yilda Germaniyaning Gelzenkirxen shahrida tug'ilgan.

Futbolchilik faoliyati:
Xans-Yurgen Gyode professional faoliyatini “Shalke-04” klubida boshlagan.
Keyinchalik “Preussen” va “Fortuna Dyusseldorf” jamoalarida to'p surgan.
Ayniqsa, “Fortuna” safida uzoq yillar yetakchi futbolchi va sardor bo'lib,
343 ta o'yinda maydonga tushib, 48 ta gol muallifi bo'lgan.

Murabbiylik faoliyati:
Gyode murabbiylik faoliyatini 1991 yilda “Fortuna Dyusseldorf”da boshlagan.
Shundan so'ng Eronning “Persepolis” klubini boshqargan, yoshlar termasiga rahbarlik qilgan va qator Osiyo hamda Yevropaning turli klublarida faoliyat olib borgan.

Xalqaro tajriba:
U turli yillarda Eron, Bahrayn, Malayziya, Ozarbayjon, Liviya, Myanma va Germaniya klublarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, murabbiy O'zbekistondagi faoliyati orqali ham allaqachon tanish.
Gyode 2003–2004 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasida yordamchi, keyin esa bosh murabbiy sifatida ishlagan. Endilikda u "Neftchi"da Islom Ismoilovga yaqindan ko'maklashadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати