

“”Verder” safida faoliyat olib borgan Maks Kruze Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi a'zosiga aylandi. Bu haqda turk klubi rasmiy saytida xabar berildi.
Kruze “Fenerbaxche” bilan 2022 yil yoziga qadar shartnoma imzoladi. Futbolchi erkin agent sifatida “Fener”ga o'tdi.
O'tgan mavsum Maks “Verder” safida 12 ta gol urib, 13 ta assistni amalga oshirdi.



