

28 yoshli forvard shu yozda 7,5 mln. evro evaziga "Volfsburg"dan "Verder"ga o'tgan edi. Futbolchi "Shportfroynde"ga qarshi Germaniya Kubogi bahsida (1:2) tizzasini shikastlab oldi.
"Verder"ning boshqa hujumchisi Klaudio Pisarro hozircha jarohatidan qutilgani yo'q va 26 avgust kuni bo'lib o'tadigan "Bavariya"ga qarshi o'yinda jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.



