Rasman: "Everton" endi "Chelsi" himoyachisini transfer qildi

Tolibjon Qosimov
10 avg 2018, 21:06
"Chelsi" markaziy himoyachisi Kurt Zuma boshlanayotgan mavsumni "Everton"da o'tkazadi.

Kechadan buyon to'xtash nimaligini bilmayotgan mersisaydliklar 23 yoshli futbolchi ijaraga olinganini rasman e'lon qildi.

Zuma o'tgan mavsumni ijara asosida "Stok Siti"da o'tkazgan va 34ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan edi.



Zuma Yerri Mina, Andre Gomesh, Lyuka Din, Risharlison va Joau Virjiniyalardan so'ng "Everton"ning oltinchi transferi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: evertonfc.com