Rasman: Elguja Lobjanidze "Qizilqum"ni tark etdi

Iskandarov Abdulaziz
9 iyun 2025
Yozgi transferlar oynasi ochilmasidanoq Superliga jamoalari tarkiblarida o'zgarishlar yuza berishda davom etmoqda.

Joriy mavsum boshida "Qizilqum" bilan shartnomasini uzaytirgan gruziyalik hujumchi Elguja Lobjanidze oilaviy muammolari sababli jamoani tark etdi. Klub rahbariyati u bilan do'stona xayrlashdi. Futbolchi 2025 yil navoyliklar libosida Superligada 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi. 

Transfermarkt portali uning narxini 250 ming evroga baholagan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати