Rasman: Edin Jeko “Roma” bilan shartnomasini uzaytirdi

17 avg 2019, 08:40
Edin Rim klubida qoladigan bo'ldi.

Bosniyalik hujumchi yangi kelishuvga ko'ra, rimliklar safida 2022 yilga qadar to'p suradi. Avvalroq futbolchining “Inter”ga o'tishi haqida xabarlar berilgandi.

Jeko 2016 yildan beri “Bo'rilar” sharafini himoya qiladi. U o'tgan mavsum Rim klubi safida 40 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Рома“ расмий сайти