Rasman: "Chelsi" Tuxel bilan shartnomani 2024 yilga qadar uzaytirdi

Alisher
4 iyun 2021, 16:55
"Chelsi" bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

Bitim 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Klubning qayd etishicha, mutaxassis klubga kelganida "Chelsi" Chempionlar Ligasida g'alaba qozongan taqdirda shartnomani bu muddatga qadar uzaytirish bo'yicha kelishib olingan.

47 yoshli mutaxassis "Chelsi"ni yanvarda qabul qilib olgan edi. Klub uning qo'l ostida Chempionlar Ligasi g'olibiga aylandi.


→ Injiq diktator - Tomas Tuxel. Muvaffaqqiyatlarining siri va murabbiylik faoliyati


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: chelseafc.com