

Chernogoriyalik hujumchi Igor Ivanovich "Bunyodkor" bilan shartnoma imzoladi. Forvard bilan kelishuv 2 yilga mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda Ivanovich "Dechich Tuzi" jamoasida o'ynagan. U Chernogoriya terma jamoasi a'zosi hisoblanadi.
Avvalroq, “Eshitdik-da!” rukni orqali 30 yoshli futbolchi “Bunyodkor”ga kelishi haqida xabar bergandik.




