

Bunga “qizil iblislar”ning bir qator a'zolarida koronavirus aniqlangani sabab bo'lgan.
Uchrashuvning yangi o'tkazilish sanasi esa ochiqlanmagan. Hozircha MYUda kimlar COVID-19 bilan kasallangani ma'lum emas. “Brentford Komyuniti” stadionidagi o'yin Toshkent vaqti bilan 15 dekabrga o'tar kechasi soat 00:30 da start olishi rejalashtirilgandi.
Avvalroq, “Tottenxem”da koronavirus bilan bog'liq holatlar ko'paygani tufayli jamoaning 12 dekabr kunga belgilangan “Brayton”ga qarshi bahsi, shuningdek, Konferenciyalar Ligasi doirasidagi “Renn” bilan o'yini bekor qilingandi.



