Rasman: "Borussiya" "Birmingem"ning 17 yoshli xavbeki bilan shartnoma imzoladi

Alisher
20 iyul 2020, 14:34
Jud Bellingem "Birmingem"dan "Borussiya" (Dortmund)ga o'tdi.

17 yoshli angliyalik futbolchi yangi klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

"Borussiya" o'yinchining transferini The Beatles'ning "Hey Jude" ("Ey, Jud") nomli qo'shig'i bilan e'lon qildi.

Xabarga ko'ra, "Borussiya" yosh xavbek uchun 23 million evro to'lagan.

Bellingem joriy mavsum Chempionship doirasidagi 40ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/BlackYellow