Rasman: "Borussiya" "Barselona" hujumchisini transfer qildi

Mirjalol Normatov
28 avg 2018
Hujumchi Pako Alkaser "Barselona"dan Dortmundning "Borussiya"siga o'tdi.

Germaniya jamoasi matbuoti xabariga ko'ra, futbolchi bir yildan keyin sotib olish sharti bilan ijaraga olingan. Klub ijara uchun 2 mln evro to'lagan. Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin nemislar hujumchini 23 mln evroga sotib oladi. Shuningdek, 5 mln evro bonuslar tarzida vada qilingan.

Alkaser 2016 yilda "Barselona"ga o'tdi va shundan buyon u jamoa tarkibida 50 uchrashuvda qatnashib, 15 gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcbarcelona