Rasman: “Bavariya” Salihamijich bilan kelishuvni uzaytirdi

Eldor Akmurzayev
30 avg 2022, 10:00
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Bavariya” sport direktori Hasan Salihamijich bilan shartnomani 2026 yil yoziga qadar uzaytirdi. U 2017 yildan beri ushbu lavozimda ishlamoqda va 2020 yil iyulida “Bavariya” direktorlar kengashi a'zosiga aylandi.

Avvalroq, 45 yoshli bosniyalik francuz va portugal tilini o'rganayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, u nemischa, inglizcha, italyancha, ispancha va serbxorvatcha bemalol gaplasha oladi.

Ma'lumot o'rnida, Salihamijich 1998-2007 yillar davomida futbolchi sifatida “qizillar” sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fcbayern.com