Rasman: “Barselona” 18 yoshli xavbekni o'z safiga qo'shib oldi

Eldor Akmurzayev
5 mar 2022, 07:50
“Rasing” yarim himoyachisi Pablo Torre “Barselona” futbolchisiga aylandi.

18 yoshli xavbek mavsumni hozirgi jamoasida yakunlab qo'yadi va yozda “ko'kanorranglilar” a'zosiga aylanadi.

Kataloniyaliklar bilan shartnoma 2026 yilga qadar tuzildi. Tovon puli esa 100 mln evroga baholanmoqda. “Barsa” futbolchining transferiga 5 mln evro to'laydi va bonuslar bilan birga bu summa 20 mln.ga yetishi mumkin.

Torre faoliyatini “Barselona B”dan boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com