Rasman: Bahodir Qurbonov - O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi yangi prezidenti

Iskandarov Abdulaziz
22 fev 2025, 10:21
Bugun O'FAning navbatdan tashqari saylov kongressi bo'lib o'tdi.

Assotsiatsiyasining  majlislar zalida o'tkazilgan navbatdan tashqari saylov kongressida tashkilotga yangi prezidenti saylandi. O'FA prezidentligiga nomzod sifatida ko'rsatilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati rahbari Bahodir Nizomovich Qurbonov delegatlar tomonidan bir ovozdan saylandi. Shu tariqa Bahodir Qurbonov O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining yangi prezidenti sifatiga ishga kirishdi.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar mazkur lavozimda  O'zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati sobiq rahbari Abdusalom Azizov ishlab kelayotgan edi. So'nggi oyda esa O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov bu vazifani bajarayotgandi. 


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia