Rasman: Azmun "Roma"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2023
"Roma" matbuot xizmati "Bayer" hujumchisi Syerdar Azmun jamoa safiga o'tganini ma'lum qildi.

Eronlik futbolchi ijara asosida mavsum so'ngiga qadar Rim klubi sharafini himoya qiladi. Agar Joze Mourinyu jamoasi futbolchini jamoada olib qolishni istasa, nemis klubiga 12 million evro to'laydi.

Azmun o'tgan mavsum "Bayer" tarkibida 33 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan va shuncha golli uzatmani amalga oshirgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asroma.com