Rasman: Azizbek Amonov - "Nasaf" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
2 mar 2023
O'z gollari bilan o'zbek futboli ixlosmandlari ko'nglidan joy olgan 25 yoshli navoiylik hujumchi Azizbek “ajdarlar” a'zosiga aylandi.

"O'tgan mavsumda Eronning “Istiqlol” jamoasini himoya qilgan Aziz Amonov mavsum oxirida erkin agentga aylandi. Ko'plab jamoalardan taklif bo'lishiga qaramay Aziz jamoamizni tanlaganidan xursandmiz.

Azizga 2023 yilgi futbol mavsumida “ajdarlar” bilan xalqaro o'yinlarda munosib ishtirok etib, ko'plab gollar urishini va sovrinlarni qo'lga kiritishini tilab qolamiz", - deb yoziladi klub bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати