

"Kolchoneros" xabariga ko'ra, Madrid klubi 27 yoshli Le Normanning transferi uchun 34,5 million evro to'laydi. Bitim yaqin vaqtlarda, aniqrog'i himoyachi Evro-2024dan so'ng tatildan qaytganidan keyin yopiladi.
Roben o'tgan mavsum "Real Sosedad" tarkibida 43ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.



