

Atletiko afsonasi ijara asosida yangi jamoasida harakat qiladi. Shartnomada kelishuvni yana bir yilga uzaytirish bandi ham bor.
Madridliklarning asosiy tarkibida o'rnini yo'qotgan Saulning Atletiko bilan shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Yarim himoyachi roxiblankos safida 2012 yildan beri o'ynaydi. Saul o'tgan mavsum La Liga doirasida 34ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 5ta assist qayd etdi.



