Rasman: Asensio uzoq muddatga safdan chiqdi

Alisher
24 iyul 2019, 17:31
"Real" hujumchisi Marko Asensioning "Arsenal" bilan o'yinda olgan jarohati jiddiy bo'lib chiqdi.

Futbolchi uzoq muddatga safdan chiqdi. "Qirollik klubi" shifokorlari uni tekshiruvdan o'tkazishdi va o'yinchining chap oyoq payi uzilgani ma'lum bo'ldi.

23 yoshli ispaniyalik o'yinchi Xalqaro chempionlar kubogi doirasidagi "Arsenal"ga qarshi o'yinni oxiriga etkaza olmadi.

Futbolchi maydondan zambilda olib chiqib ketildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid