Rasman: "Arsenal"ning ijaradagi futbolchisi ortga qaytdi

Alisher
1 iyul 2020, 16:36
19 yoshli himoyachi Vilyam Saliba "Sent-Eten"dan "Arsenal"ga qaytdi.

Fransiyalik futbolchi "yashillar" safida 2019/20 yilgi mavsumni ijara asosida o'tkazdi.

"To'pchilar"ning xabariga ko'ra, londonliklar francuzlar bilan o'yinchining Fransiya Kubogi finalida o'ynashi borasida muzokaralar olib borishgan. Ammo, yakunda kelishuvga erishilmadi.

"Sent-Eten" mamlakat Kubogi finalida poytaxtning PSJ jamoasi bilan o'ynaydi. O'yin 24 iyul kuni "Stad de Frans"da bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, himoyachi muddatidan oldin yakuniga etgan Fransiya chempionatida 12ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: arsenal.com