Rasman: "Arsenal" sobiq hujumchisi MLS klubini boshqaradi

14 noya 2019, 19:25
"Monreal Impekt" Terri Anrini klub bosh murabbiyi etib tayinladi.

"Arsenal" sobiq forvardi MLS klubi bilan 2+1 (2022 yilgacha) ko'rinishida shartnoma imzoladi.

Eslatib o'tamiz, Anrining oxirgi jamoasi "Monako" klubi bo'lgandi. Shuningdek, 42 yoshli mutaxassis 2016 yildan 2018 yilgacha Belgiya terma jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan.

Anri 2010-2014 yillarda MLSning "Nyu-York Red Bulls" sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: impactmontreal.com