Sanya faoliyatini MLSda davom ettiradi

9 avg 2018, 09:38
“Arsenal” va “Manchester Siti” klublari sobiq himoyachisi Bakari Sanya MLSda ishtirok etuvchi “Monreal Impekt” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda Kanada klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. 35 yoshli francuz futbolchisi bilan 2018 yilning so'nggiga qadar bitim imzolandi. Shuningdek, shartnoma yakunida kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi ham mumkin.

Sanya tibbiy ko'rikdan o'tib, yangi jamoasi safiga qo'shiladi. Uning so'nggi klubi Italiyaning “Benevento” bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Монерал" ФК Твиттери