“Barselona” 18 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

24 yanv 2018, 00:05
“Monreal Impekt” jamoasining yosh yarim himoyachi Jan-Iv Tabla “Barselona” a'zosiga aylandi.

18 yoshli futbolchi jamoa bilan 3 yillik bitimga imzo chekdi va “Barselona B” tarkibida to'p tepadi.

Kelishuvga ko'ra futbolchining tovon puli 25 million evroetib belgilangan, bitim yana uzaytirilsa bu summa 75 millionga qadar o'sishi mumkin.

Tabla MLSda “Monreal” safida o'tgan yili debyut mavsumini o'tkazgan, 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golga muallifliq qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Барселона" расмий сайти