Rasman: Antuan Grizmann va Lyuka Ernandes “Atletiko Madrid” bilan shartnomasini uzaytirdi

19 iyun 2018, 08:19
“Atletiko Madrid” o'zining rasmiy sayti orqali ayni damda o'z terma jamoasi tarkibida Rossiyadagi mundialda qatnashayotgan hujumchi Antuan Grizmann va himoyachi Lyuka Ernandes bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi.

Shuningdek, jamoaga “Monako”dan sotib olingan Toma Lemar ham ommaga yana bir bor ma'lum qildi. Grizmann bilan shartnoma 2023 yilgacha (uning shartnomasi 2022 yilgacha edi), Ernandes bilan esa 2024 yilgacha uzaytirilgan. Lemar esa biroz keyinroq rasmiy shartnomaga qo'l qo'yishi ma'lum qilindi.


O'xshash yangiliklar


Manba: "Атлетико" расмий сайти