

19 mart kuni Angliya Premer-Ligasining Shon-sharaf zalidan o'rin oladigan ilk 2 futbolchining nomi ma'lum bo'ladi.
Ushbu nufuzli nomga musobaqa tashkil etilgan 1992 yildan boshlab, o'z mahorati va istedodini namoyish etgan holda faoliyatini yakunlagan futbolchilar kiritiladi.
Qo'shimcha qilish kerakki, Shon-sharaf zalidan o'rin oladigan birinchi o'yinchilar Premer-liga mutaxassislari tomonidan tanlanmoqda.
Keyinroq, undan joy olishi mumkin bo'lgan futbolchilarning short-listi ham e'lon qilinadi va muxlislar o'rtasidagi so'rovnoma orqali g'oliblar ma'lum qilinishi rejalashtirilgan.




