Rasman: "Andijon" "Lokomotiv" posboni bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
4 dek 2025, 20:32
"Andijon" matbuot xizmati darvozabon Rahimjon Davronovning "Lokomotiv"dan transfer qilinganini e'lon qildi.

“Andijon” klubi selekciya jarayonidagi yana bir transferini ajoyib darvozabon - Rahimjon Davronov orqali amalga oshirdi. 

Mavsumni “Lokomotiv” tarkibida o'tkazib Superligaga chiqishida katta hissa qo'shgan posbon jamoamiz bilan kelishuvga erishdi.

Ma'lumot uchun, 1996 yiling 3 oktyabr sanasida Muborakda tavallud topgan. Faoliyatini “Mashal”da boshlagan. So'ngra “Buxoro”, “Navbahor”, “Turon”, “Metallurg” hamda “Lokomotiv” darvozalarini qo'riqlagan. U joriy mavsumda “Loko” safida 23 ta o'yin o'tkazdi.

O'z vaqtida O'zbekiston U-23 termasi safida Osiyo chempionligiga sazovor bo'lgan. 

Yangi mavsumda Davronovning “Andijon”dagi faoliyatiga omad tilaymiz.

Rahimjon, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!", - deb yoziladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати