Rasman: Allegri "Yuventus"ni tark etadi

Aslanov Jasurbek
17 may 2019, 16:08
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum oxirida klubni tark etadi.

Bu haqida Turin klubi rasmiy saytida e'lon qilindi.

Ertaga, 18 may kuni klub prezidenti Andrea Anelli va Allegri ishtirokida mutaxassisning iste'fosiga atalgan matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

"Yuventus" Massimiliano Allegri qo'l ostida 5 marta A Seriya, 4 marta Italiya Kubogi va 2 marta mamlakat Superkubogida zafar quchdi. Allegri Turin klubida 269ta bahs o'tkazib, 191ta g'alabaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia