

"Buxoro" klubi o'tgan mavsum "Qizilqum" safida ajoyib o'yin ko'rsatgan Aleksandar Stanisavlevichni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.
Stanisavlevich kecha "Buxoro" safiga borib qo'shilgan. Hozirda klub Antalyada yig'inni davom ettirmoqda.

Ma'lumot uchun, Aleksandar Stanisavlevich o'tgan mavsum "Qizilqum" safida 6 ta gol va 12 ta assist qayd etgan.


