Rasman: Aleks Runarsson – "Arsenal" futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
21 sen 2020
"Dijon"ning islandiyalik darvozaboni Runar Runarsson Londonning "Arsenal" jamoasiga o'tdi.

25 yoshli Runar Aleks Runarsson bilan 4 yillik shartnoma tuzildi.  Uning transfer summasi 1,5 million funtni tashkil qildi. 

Posbon London klubiga jamoani tark etgan Emiliano Martinesning o'rniga olib kelindi. U 13-raqam ostida o'ynaydi. 

Runarsson 2018 yildan beri "Dijon" darvozasini qo'riqlab kelayotgandi, u ushbu klub tarkibida barcha musobaqalarda 45 uchrashuv o'tkazib, 78 ta gol o'tkazib yuborgan. U Islandiya terma jamoasi safida beshta uchrashuvda maydonga tushgan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com