Rashidov yangi jamoasining mashg'ulotlarida ishtirok etdi

Eldor Akmurzayev
30 iyul 2019, 01:25
28 yoshli futbolchi Sardor Rashidov Qatar yulduzlar ligasi vakili bo'lgan Qatar SK bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergandik.

U bugunning o'zidayoq klub bazasiga keldi va ilk mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Hozircha Sardor yangi jamoasi safida qaysi raqam ostida o'ynashi ma'lum emas. 

Aytish joizki, Doha klubi tarkibida kamerunlik Samyuel Eto'o ham harakat qiladi. U yozgi tatildan qaytib kelmagan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia