Rashford: "Pogba maydonda hamma ishni bajara oladi, u har qanday jamoaga foyda keltiradi"

Aslanov Jasurbek
13 avg 2016, 16:56
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Rashford Zlatan Ibragimovich, Pol Pogba va Ueyn Runi bilan bir jamoada o'ynayotganidan xursand.

"Ular juda ko'p sovrin qo'lga kiritishgan. Zlatanda 30 tadan ko'p, Runi va Kerrik eng ko'p taqdirlangan futbolchilardan hisoblanishadi. Men va boshqa yosh futbolchilar ulardan ko'p narsa o'rganishimiz mumkin.

Bizga Pogba qo'shildi. U maydonda hamma ishni bajara oladi. Pol hujumga boradi, himoyalana oladi, gollar urishi mumkin, hujumlar yaratadi. U jamoaga foyda keltiradigan ko'pqirrali futbolchi" - deydi Rashford.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com