

Ma'lumotlarga ko'ra, klubga Ule-Gunnar Sulsherning kelishi Rashfordning qaroriga ta’sir ko'rsatgan, endi u faoliyatini mankunianlar safida davom ettirmoqchi. Futbolchining MYU bilan shartnomasi 2020 yilning yozigacha amal qiladi. Oldinroq "Manchester Yunayted" Rashfordning maoshini ikki baravar oshirmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi.
21 yoshli hujumchi joriy mavsum APLning 22ta uchrashuvida maydonga tushib, 9ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.



