Rangnik YCHLdagi g'oliblik haqida: “Real o'ylash kerak”

Eldor Akmurzayev
23 fev 2022
YCHL 1/8 finali doirasida “Atletiko”ga qarshi bahs oldidan MYU ustozi Ralf Rangnik o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

Unga YCHLda g'olib bo'lish imkoniyatlari haqida savol berildi.

“Real o'ylash kerak. Besh, etti yoki o'n yil oldin sodir bo'lgan voqealarni tahlil qilolmaymiz. Bir vaqtlar favorit bo'lgan jamoalarning bazilari hozir o'z mamlakatining yuqori divizionida ham o'ynamaydi.

“Atletiko”ga qarshi yaxshi o'yin namoyish etsak, chorak finalga chiqish imkoniyatimiz bor. Bu bizga kuch beradi va o'yinchilarda ishonch paydo bo'ladi”, deydi Rangnik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: manutd.com