Ramos va Marselo keyingi mavsumda ham bir jamoada o'ynashi mumkin

Mirjalol Normatov
9 mar 2019, 21:12
"Real" sardori Serxio Ramos faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

AS xabariga ko'ra, "Real" himoyachisi borasidagi vaziyatni "Yuventus" kuzatib bormoqda. Vaziyat taqozo qilsa, turinliklar himoyachini transfer qilishga urinib ko'radi.

"Real" YCHL doirasida "Ayaks"ga mag'lub bo'lib, turnirni tark etganidan keyin Ramos klub prezidenti Florentino Peres bilan janjallashib qolgani borasida ma'lumotlar berilgandi. Undan tashqari, "Real"ni boshqarishi mumkin bo'lgan Joze Mourinyo bilan Ramosning munosabatlari yaxshi emas.

Ramos bu mavsum jamoasi tarkibida 39 o'yinda qatnashdi va 11 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS